Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 188441
Gallery image 188442
Gallery image 188443
Gallery image 188444
Gallery image 188445
Gallery image 188446
Gallery image 188447
Gallery image 188448
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
14 Iyul 2026
19:19

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati K.Karimovaga biriktirilgan "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ–393-son Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova bilan birgalikda N.Mahmudov oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

Monitoring davomida tibbiyot muassasasida sanitariya-epidemiologik talablarning bajarilishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati hamda qonun talablarining amaliy ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash hamda qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.