Barcha yangiliklar
Jarayon
Gallery image 188432
Gallery image 188433
Gallery image 188434
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
13 Iyul 2026
19:14

Jarayon

Qumqo‘rg‘on tumanining Yangiyer mahallasida hududning me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obod muhit yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda.
Jumladan, eskirgan, tashqi ko‘rinishi talab darajasiga javob bermaydigan devorlarni demontaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar hududning estetik qiyofasini yaxshilash hamda zamonaviy va shinam muhit yaratishga xizmat qiladi.
Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Shuningdek, yo‘l bo‘ylarining me’moriy ko‘rinishini yanada yaxshilash, hududni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish hamda aholi uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Saidov Salim Xoliqovich
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashiga "7-Yangier" saylov okrugidan deputat