Barcha yangiliklar
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Gallery image 188391
Gallery image 188392
Gallery image 188393
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
14 Iyul 2026
18:52

Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida sertifikatlashtirish jarayonlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimovga biriktirilgan Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan sertifikatlashtirish jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasa mutaxassislari ishtirokida mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi tahlil qilindi.

Xususan, sertifikatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sifati, tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qulayliklar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari, xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda zamonaviy talablar asosida xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi