Barcha yangiliklar
Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi
Gallery image 188354
Gallery image 188355
Gallery image 188356
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
14 Iyul 2026
18:44

Mahallada kuzatuv kameralari o‘rnatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda "Degrizlik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida "Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari tahlil qilindi.

Xususan, kuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan va o‘rnatilgan nuqtalar, ularning qamrov darajasi hamda mahalla ko‘chalari va jamoat joylarini to‘liq nazorat bilan qamrab olish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, videokuzatuv tizimini yanada takomillashtirish, kameralar sonini ko‘paytirish, ularni strategik nuqtalarga joylashtirish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida "Xavfsiz hudud" konsepsiyasi ijrosini samarali ta’minlash, mahallada zamonaviy kuzatuv tizimini rivojlantirish hamda fuqarolarning xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi