Barcha yangiliklar
Qonun ijrosi — xavfsiz hayot kafolati
Gallery image 188280
Gallery image 188281
Gallery image 188282
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
14 Iyul 2026
16:51

Qonun ijrosi — xavfsiz hayot kafolati

Qonun ijrosi — xavfsiz hayot kafolati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (2022- yil 17-avgust, O‘RQ-790-son) ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi. Qonun aholi hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, aholini ogohlantirish tizimi, tashkilot va muassasalarda yong‘in hamda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, fuqarolarni evakuatsiya qilish rejalari, moddiy-texnik zaxiralarning shakllantirilganligi, mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi tahlil qilindi.