Barcha yangiliklar
Tibbiyot muassasasida xizmat sifatini o‘rgandi
Gallery image 188268
Gallery image 188269
Gallery image 188270
Gallery image 188271
Gallery image 188272
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
14 Iyul 2026
16:42

Tibbiyot muassasasida xizmat sifatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Novobod” mahallasidagi oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida muassasada bemorlarni qabul qilish tartibi, shifokorlar faoliyati, elektron navbat tizimi, dori-darmon ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasi, mavjud muammo va takliflari o‘rganildi. Muassasa rahbariyati bilan muloqot davomida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish, navbatlarni qisqartirish hamda murojaatlarga tezkor munosabat bildirish masalalari muhokama qilindi.