Barcha yangiliklar
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
Gallery image 188162
Gallery image 188163
Gallery image 188164
Gallery image 188165
Gallery image 188166
Gallery image 188167
Gallery image 188168
Gallery image 188169
Gallery image 188170
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
14 Iyul 2026
15:14

Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda

Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat A. Ismailov Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya asosida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish maqsadida Olmazor tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi.

Tashrif davomida Xislat mahalla fuqarolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida fuqarolarning salomatlik holati malakali shifokorlar tomonidan tekshirilib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi hamda ehtiyoj mavjud fuqarolar qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tegishli mutaxassislarga yo‘naltirildi.

Deputat tomonidan tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

✅ Bunday tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi