Barcha yangiliklar
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
Gallery image 188153
Gallery image 188154
Gallery image 188155
Gallery image 188156
Gallery image 188157
Gallery image 188158
Gallery image 188159
Gallery image 188160
Gallery image 188161
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
14 Iyul 2026
15:13

Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi

 Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva hamda kotibiyat mudiri A. Xasanov ishtirokida Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda davolash jarayonlarining tashkil etilishi o‘rganildi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilinib, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.