Barcha yangiliklar
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
Gallery image 188125
Gallery image 188126
Gallery image 188127
Gallery image 188128
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
14 Iyul 2026
14:31

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun

#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda viloyat deputati F. Aminovni, saylov okrugiga tashrifini hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganishdan boshladi. Dastlab Kogon shahridagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mazkur bino 1962-yilda qurilgani, bugungi kunda esa kapital ta’mirga hamda qo‘shimcha bino qurilishiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mavjud sharoitlar, tarbiyalanuvchilar soni va binoning texnik holati atroflicha o‘rganilib, muassasani zamon talablari asosida rekonstruksiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Viloyat deputati F. Aminov mazkur masalani Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘tarish hamda muammoni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amaliy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash