Barcha yangiliklar
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Gallery image 188086
Gallery image 188087
Gallery image 188088
Gallery image 188089
Gallery image 188090
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
14 Iyul 2026
13:55

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshchuk Natalya Valeryevna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova ishtirokida 6-Yangiariq saylov okrugi saylovchilari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar va tegishli tavsiyalar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududni yanada obod qilishga qaratilgan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda xalq bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.