Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 187957
Gallery image 187958
Gallery image 187959
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
14 Iyul 2026
11:11

Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonun

📚 Bandixon tumanida O‘RQ-637-sonli Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov hamda Kengash bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan 3-son politexnikumda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida qonunning jamiyat hayotidagi o‘rni, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishdagi ahamiyati hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Tadbir samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, qonunchilikka oid bilimlarni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, amaldagi qonunchilikni keng ommaga yetkazish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.