Barcha yangiliklar
“Mahalla yettiligi” bilam hamkorlik
Gallery image 187936
Gallery image 187937
Gallery image 187938
Gallery image 187939
Gallery image 187940
Gallery image 187941
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
14 Iyul 2026
10:57

“Mahalla yettiligi” bilam hamkorlik

  Joriy yilning 13 iyul kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati A.Abdullajonov, xalq deputatlari tuman kengashi raisi A.Rasulov va deputati D.Tupchibayevlar tumandagi "Beshkapa" mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini o‘rgandilar.  

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan mahalla yettiligi bilan suhbatlar o‘tkazdilar. Bugungi kunda mahalla fuqarolar yig‘inida 5000 dan ziyod fuqarolar istiqomat qilib keladi.   

   Suhbat davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi, buning pirovardida yangi ish o‘rinlari tashkil qilinayotganligi ma’lum bo‘ldi.  

 Yoshlar yetakchisi tomonidan 2 nafar yoshga imtiyozli kredit olishda ko‘maklashayotganligi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport musobaqalari tashkil qilinayotganligi ma’lum bo‘ldi.  

Shuningdek, deputatlar xonadonlarga tashrif buyurib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanayotgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazdilar.