Barcha yangiliklar
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
Gallery image 187855
Gallery image 187856
Gallery image 187857
Gallery image 187858
Gallery image 187859
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Iyul 2026
09:54

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamda O‘zbekiston XDP Jondor tumani Kengashi raisi B.Enazarovlar hamkorlikda tumandagi "Navgadi" mahallasida bo‘lib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq holatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
🔹O‘rganishlar davomida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarining tashkil etilishi, sanitariya holati hamda aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi. Shuningdek, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Ta’kidlanganidek, hududlarda sanitariya-ekologik holatni yaxshilash, aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va muammolarning ijobiy yechimiga erishish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.