Barcha yangiliklar
Aholi murojaatlari – deputat e'tiborida
Gallery image 187838
Gallery image 187839
Gallery image 187840
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
13 Iyul 2026
09:29

Aholi murojaatlari – deputat e'tiborida

Amudaryo tumani “Bo‘zsolma” mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan o‘tkazilgan deputatlik uchrashuvi davomida aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan bir qator dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Xususan, mahalla hududidagi Urganch, Urganch-3, Urganch-4, Urganch-5, Matonat-4, Hayot va Hayot-2 ko‘chalarida elektr energiyasi kuchlanishining pastligi bo‘yicha fuqarolar o‘z murojaatlarini bildirdilar.

Mazkur murojaatlar asosida O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Yuldashev Alisher tomonidan masalani tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish maqsadida deputat so‘rovi chiqarildi.

Aholining muammolarini o‘rganish, ularni tizimli hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.