Barcha yangiliklar
Toyloq tumanida dual ta'lim tizimi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 187815
Gallery image 187816
Gallery image 187817
Gallery image 187818
Gallery image 187819
Gallery image 187820
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
13 Iyul 2026
09:16

Toyloq tumanida dual ta'lim tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Hamrayev tomonidan tuman 1-son politexnikumida joriy etilgan dual ta'lim tizimi faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish korxonalarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ularning kelgusida bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, politexnikum bilan hamkorlik qilayotgan mebel ishlab chiqarish korxonasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning zamonaviy texnologiyalar asosida amaliyot o‘tash jarayoni ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida ta'lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.