Barcha yangiliklar
Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 187744
Gallery image 187745
Gallery image 187746
Gallery image 187747
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
14 Iyul 2026
08:21

Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi

Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tumandagi Xalq qabulxonasi faoliyatini o‘rgandilar. Mazkur o‘rganish jarayonida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Tashrif davomida deputatlar Xalq qabulxonasida yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlarni ro‘yxatga olish va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish tizimi bilan tanishdilar. aholining dolzarb masalalariga o‘z vaqtida yechim topish, murojaatlarning ijrosini nazorat qilish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan Xalq qabulxonasi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, murojaatlarni tezkor va sifatli hal etish, aholi bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.