Barcha yangiliklar
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati ko‘zdan kechirildi
Gallery image 187734
Gallery image 187735
Gallery image 187736
Gallery image 187737
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
14 Iyul 2026
08:19

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati ko‘zdan kechirildi

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala: Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati ko‘zdan kechirildi.

 Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar sifati va ularning bajarilish holati ko‘zdan kechirildi. Shu maqsadda tuman Kengashi deputatlari tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J. Nurmatov hamda qurilish bo‘yicha o‘rinbosari O‘. Raxmanov hamrohligida joylarda o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar. Tuman markazidan o‘tuvchi kanal atrofidagi infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha bajarilgan ishlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Deputatlar mazkur hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish va qurilish ishlarining sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda foydalanishga tayyorlik darajasini tahlil qildilar. Ko‘zdan kechirish davomida qurilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar aniqlandi. Bu borada qurilish ishlarini amalga oshirgan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.