Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 187724
Gallery image 187725
Gallery image 187726
Gallery image 187727
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
14 Iyul 2026
08:20

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Avvalgi uchrashuvlarda Yangi hayot mahallasi fuqarolari tomonidan hududda barpo etilayotgan workout maydonchasi qurilish ishlari oxiriga yetkazilmaganligi yuzasidan murojaatlar bildirilgan edi. Mazkur murojaat tegishli tartibda ko'rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

Shundan so'ng Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Babayev, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Yangi hayot mahallasi hududida barpo etilgan workout maydonchasiga borilib, bajarilgan qurilish ishlari va maydonchaning bugungi holati joyida o'rganildi.

O'rganish davomida maydonchaning foydalanishga tayyor holatga keltirilgani ko'zdan kechirildi hamda kelgusida ushbu sport inshootidan samarali foydalanish va uni doimiy saqlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.