Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 187653
Gallery image 187654
Gallery image 187655
Gallery image 187656
Gallery image 187657
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
13 Iyul 2026
20:06

Deputatlik nazorati

O‘rganish ishlari davomida Yoyilma MFY Ipak yo‘li ko‘chasidagi 195a-xonadon oldida ichimlik suvi tarmog‘ida quvur yorilishi natijasida yuzaga kelgan nosozlik holati ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan tegishli mas’ul tashkilot vakillari bilan tezkor muloqot o‘tkazilib, vaziyat nazoratga olindi.

Deputatning tashabbusi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikdagi amaliy ishlari natijasida "Suvoqava" korxonasi tomonidan avariya holati bartaraf etilib, shikastlangan quvur ta’mirlandi hamda ichimlik suvi tarmog‘ining barqaror ishlashi tiklandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud aholisini bezovta qilib kelayotgan muammo o‘z yechimini topdi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor hal etish va ijrosini nazorat qilish borasidagi bunday amaliy ishlar aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.