Barcha yangiliklar
Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 187638
Gallery image 187639
Gallery image 187640
Gallery image 187641
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
13 Iyul 2026
20:03

Mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O.Bozarovning 14-“Degrizlik” saylov okrugi hududidagi “Degrizlik” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarovlar ishtirok etib, mahalla raisining aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahallada ijtimoiy dasturlar ijrosi, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda davlat organlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarga tezkor yechim topish va mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi