Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish REJA-JADVALI tasdiqlandi.
Gallery image 187589
Gallery image 187590
Gallery image 187591
Gallery image 187592
Gallery image 187593
Gallery image 187594
Gallery image 187595
Gallery image 187596
Gallery image 187597
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
13 Iyul 2026
19:36

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish REJA-JADVALI tasdiqlandi.

Mazkur reja-jadvalga asosan deputatlar belgilangan muddatlarda o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, ko‘rib chiqilgan murojaatlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda erishilgan natijalar yuzasidan axborot beradilar.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildiriladigan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish hamda tegishli choralarni belgilash ishlari tashkil etiladi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi barcha fuqarolarni o‘z hududlarida tashkil etiladigan uchrashuvlarda faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu uchrashuvlar saylovchilar va deputatlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish hamda ularning yechimlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.