Barcha yangiliklar
📌 Ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi
Gallery image 187511
Gallery image 187512
Gallery image 187513
Gallery image 187514
Gallery image 187515
Gallery image 187516
Gallery image 187517
Gallery image 187518
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
13 Iyul 2026
18:30

📌 Ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablari o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov hamda tuman Kengashi deputati Maqsud Madraximov o‘zlariga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring tadbirlarini amalga oshirdilar.
Monitoring doirasida hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, muassasa binolarining yong‘in xavfsizligi me’yorlariga muvofiqligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari va yong‘inga qarshi kurash burchaklarining mavjudligi hamda ularning texnik holati o‘rganildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.