Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova Arbob mahallasida fuqarolar qabuli o'tkazdi
Gallery image 187505
Gallery image 187506
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
13 Iyul 2026
18:28

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova Arbob mahallasida fuqarolar qabuli o'tkazdi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Matlubo Nurjanova Arbob mahallasida navbatdagi sayyor fuqarolar qabulini o'tkazib, aholi murojaatlarini bevosita joyida tingladi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan biometrik pasportlarning amal qilish muddati o'tib ketganligi, fuqarolik hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ijtimoiy yordam olish bilan bog'liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat har bir murojaatni atroflicha o'rganib, mas'ul tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ayrim masalalarga joyida yechim topilishiga erishdi. Qo'shimcha o'rganish va tegishli idoralar bilan hamkorlikni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan muammolarni o'z vaqtida aniqlash, ularni joyida hal etish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.