Barcha yangiliklar
Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Gallery image 187435
Gallery image 187436
Gallery image 187437
Gallery image 187438
Gallery image 187439
Gallery image 187440
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
13 Iyul 2026
17:48

Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

🌿 Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining
28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan, kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova tomonidan "Chimboy" MFY hududidagi "KXAY" ko‘chasining yashil maydonlarida olib borilayotgan sug‘orish tizimlarini montaj qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🌳 Mazkur ishlar yashil hududlarni asrash, daraxt va manzarali o‘simliklarni muntazam sug‘orish, ekologik muhitni yaxshilash hamda mahalla hududining obodonligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

✨ Jarayonda bajarilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, ularning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e'tibor qaratildi.