Barcha yangiliklar

ABDUVAXIDOV SANJAR BULTAKOVICH
11 Iyul 2026
17:32
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining “Milliy Tiklanish” partiyasidan saylangan deputatlari — 6-«Bog‘chilik» saylov okrugi deputati H. Isroilova hamda tumani Kengashi deputati O. Boyjanova “Cho‘liguliston” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat samaradorligi o‘rganildi.
🤝 Deputatlar mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berdilar.