Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi
Gallery image 187348
Gallery image 187349
Gallery image 187350
Gallery image 187351
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
13 Iyul 2026
17:21

Doimiy komissiya ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimini nazoratdan o‘tkazdi

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Boltboyev boshchiligida tumandagi suv inshootlari, ariq-kanallar hamda ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash tizimining bugungi holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
​O‘rganish jarayonida komissiya a’zolari, soha mutaxassislari hamda mahalliy mas’ullar ishtirokida tuman hududidagi gidrotexnik inshootlar va taqsimlovchi tarmoqlarning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi.