Barcha yangiliklar
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
Gallery image 187202
Gallery image 187203
Gallery image 187204
Gallery image 187205
Gallery image 187206
Gallery image 187207
Gallery image 187208
Gallery image 187209
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
13 Iyul 2026
16:10

«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda

«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev "Imon Ota" mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Hududda Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan 2,5 milliard so‘mlik loyiha doirasida 8,5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari boshlangan.

"Quruvchi Eldor" MCHJ tomonidan yo‘llarni asfaltlashga tayyorlash maqsadida yer tekislash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.Tuman Kengashi deputati, tuman rahbari sel oqibatlarining oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda transport qatnovini qulaylashtirish maqsadida bunyod etilayotgan yangi ko‘prik qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda, sifat talablariga to‘liq rioya etgan holda yakunlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.