Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 21710
Gallery image 21711
Gallery image 21712
Gallery image 21713
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
10 Dek 2024
00:00

DEPUTATLIK NAZORATI

 Xalq deputatlari G`ozg`on shahar Kengashi deputati Odiljon Sharipov "Shayxon" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1-umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumi doirasida ta’lim dargohining o‘quv xonalari, moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladigan xonalarni isitishga mo‘ljallangan batareyalar holatini ko‘zdan kechirdi.  

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida maktab direktori bilan suhbatlashdi. Ularning kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammo va takliflarni eshitib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.