Barcha yangiliklar
Tibbiyot muassasasida xizmat sifati o‘rganildi
Gallery image 187178
Gallery image 187179
Gallery image 187180
Gallery image 187181
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
13 Iyul 2026
16:04

Tibbiyot muassasasida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida poliklinikaning qabul bo‘limi, oilaviy shifokorlar, tor mutaxassislar xonalari, emlash kabineti, laboratoriya, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, elektron navbat tizimi, tibbiy hujjatlarni yuritish, bemorlarni qabul qilish tartibi va murojaatlarga munosabat bildirish amaliyoti ham atroflicha o‘rganildi.

Deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida tegishli tavsiyalar berdi.