Barcha yangiliklar
#okrugda_o‘rganish #24_ta_masala #deputat_daftari #murojaat_joyida_o‘rganildi  Aholi murojaati – deputat nazoratida
Gallery image 187152
Gallery image 187153
Gallery image 187154
Gallery image 187155
Gallery image 187156
Gallery image 187157
Gallery image 187158
Gallery image 187159
Gallery image 187160
Gallery image 187161
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
13 Iyul 2026
15:48

#okrugda_o‘rganish #24_ta_masala #deputat_daftari #murojaat_joyida_o‘rganildi Aholi murojaati – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi 13-“Qorliq” saylov okrugi deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan “Qorliq” mahalla fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari bevosita murojaat joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida “Qorliq”, “Jobu” va “Nurafshon” mahallalari aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda “Xo‘jaypok” daryosi qirg‘og‘ida joylashgan suv havzasining taxminan 300 metr qismida sel oqimlaridan muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy choralar ko‘rish maqsadida deputatlik so‘rovnomasi yuborildi. Murojaat ijrosi deputat nazoratiga olingan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz