Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani  #Deputat o'rganish  Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi
Gallery image 187093
Gallery image 187094
Gallery image 187095
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
09 Iyul 2026
15:14

#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga OʻzLiDep partiyasidan 6-Beshkapa saylov okrugidan saylangan deputat Hikmatilla Hafizov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq tumandagi Markaziy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasida mavjud ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.