Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani   Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
Gallery image 187067
Gallery image 187068
Gallery image 187069
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
08 Iyul 2026
15:06

#Chinoz_tumani Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi


🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga asosan, “O'zLiDep” partiyasidan 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat E.Saidov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulugʻbekova, tumandagi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada bepul beriladigan dori vositalari bilan taʼminlash holati oʻrganildi.

📝Oʻrganish jarayonida aholiga bepul tarqatiladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash sharoitlari hamda hisob-kitob va tarqatish hujjatlarining yuritilishi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, dori vositalarining belgilangan tartib asosida fuqarolarga yetkazib berilishi, tegishli qayd daftarlarining yuritilishi va masʼul xodimlarning faoliyati tahlil qilindi.

✅O'rganish davomida dori vositalari uchun ajratilgan maxsus javonlar va saqlash xonalari holati oʻrganilib, roʻyxatlar va qayd daftarlari tekshirilib, amaldagi tartib-qoidalarga rioya etilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.