Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani  #Deputat o'rganish   Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati o'rganildi
Gallery image 187063
Gallery image 187064
Gallery image 187065
Gallery image 187066
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
07 Iyul 2026
15:05

#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati o'rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 2-Hamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxramov tumandagi Хamza mahallasida joylashgan Fuzuliy va Хamza ko‘chalarining ichki yo‘llari holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mazkur hududdagi yo‘l infratuzilmasida mavjud muammolar, aholiga yaratilayotgan sharoitlar hamda yo‘llarning amaldagi holati tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki ko‘chalar holatini yaxshilash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida deputatlar tashabbusi bilan tegishli amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, tekislash, asfaltlash va obodonlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur tashabbuslar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning kundalik hayot sifatini oshirish hamda mahalla obodligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilishi rejalashtirilgan.