Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 186939
Gallery image 186940
Gallery image 186941
Gallery image 186942
Gallery image 186943
Gallery image 186944
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
13 Iyul 2026
14:29

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov ishtirokida "Dehqonariq" mahallasi "yettiligi" bilan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🏡 Uchrashuv davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, saylovchilar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ular tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha o‘rganildi. Ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

📋 Uchrashuv yakunida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida aholi bilan ochiq muloqotlarni izchil davom ettirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.