Barcha yangiliklar
Deputat so‘roviga belgilangan tartibda rasmiy javob olindi
Gallery image 186892
Gallery image 186893
Gallery image 186894
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
13 Iyul 2026
14:12

Deputat so‘roviga belgilangan tartibda rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Z. Mirzaullukov tomonidan Yakkabog‘ mahallasi, Bog‘obod ko‘chasi 50, 53, 55 va 57-uylar oldidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda asfalt qoplamasini tiklash masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/371 Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur javobda qayd etilishicha, murojaatda ko‘rsatilgan hududdagi oqova suv tarmoqlarini ta’mirlash ishlari tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan.

Shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi belgilangan tartibda o‘rganilib, mazkur hududni manzilli dasturga kiritish bo‘yicha takliflar shakllantirilgani ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari manzilli dastur tasdiqlanib, zarur mablag‘lar ajratilgandan so‘ng belgilangan tartibda amalga oshirilishi hamda mazkur masala hokimlik tomonidan nazoratga olingani bildirilgan.