Barcha yangiliklar
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
Gallery image 186753
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
13 Iyul 2026
11:44

Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi

 ✅ Tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tashkillangan mehnat
yarmarkasida 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
 

✅ Yoshlar dastlab mazkur ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxonada ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar,
oylik ish haqi va malaka talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.
 

✅ Xotin-qizlar hamda yoshlar bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish
maqsadida o‘tkazilgan yarmarkada korxona tomonidan yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari taklif etildi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi