Barcha yangiliklar
Termiz tumani hokimi tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 186673
Gallery image 186674
Gallery image 186675
Gallery image 186676
Gallery image 186677
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
09 Iyul 2026
11:01

Termiz tumani hokimi tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Termiz tumani hokimi tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov At-Termiziy oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda raqamli tibbiyot tizimlarining joriy etilishi bilan tanishdi.

Tashrif davomida "Elektron poliklinika" axborot tizimi va boshqa raqamli yechimlarning amaldagi holati ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga aholi uchun qulay va sifatli tibbiy xizmatlarni ta’minlash, raqamli xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G.Shafoatova, K.Abdullayevalar ham ishtirok etdi. Tuman rahbari deputatlar bilan aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilib, mas’ullarga ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.