Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 186663
Gallery image 186664
Gallery image 186665
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
13 Iyul 2026
10:59

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X. Berdiyarova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov tomonidan tuman hokimligining Qurilish bo‘limi mas’ullari bilan deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovlarning ijro holati tahlil qilinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan qurilish, infratuzilma va obodonlashtirishga oid murojaatlarni ijobiy hal etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Deputat so‘rovlarining qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi, ijro intizomini mustahkamlash hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.