Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Gallery image 186621
Gallery image 186622
Gallery image 186623
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
08 Iyul 2026
10:39

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova Yangihayot MFY hududida joylashgan Kadastr palatasi Termiz tuman filialida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yer va kadastr masalalari, mulk huquqini rasmiylashtirish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha amaldagi qonunchilik asosida tegishli tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.