Barcha yangiliklar







TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
13 Iyul 2026
10:37
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
Maktabdagi yashil muhit holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov tomonidan Kogon shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinfxonalar va yo‘laklarda parvarishlanayotgan tirik gullar hamda yashil muhit holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonaki gullarning parvarishlanishi, ularni saqlash uchun yaratilgan sharoitlar, maktab ichki muhitining estetik ko‘rinishi hamda o‘quvchilarda tabiatga mehr va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud yashil maydonlarni asrab-avaylash, gullarni muntazam parvarish qilish va ta’lim muassasasining obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash va saylov okrugidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassisi I. Ikromov tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash