Barcha yangiliklar
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Gallery image 186583
Gallery image 186584
Gallery image 186585
Gallery image 186586
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
13 Iyul 2026
10:26

YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Qabul davomida 10 ga yaqin fuqarolarning turli sohalardagi muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga qaratildi:

🫥 Kommunal soha: Elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari.

🫥 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan oilalar uchun imtiyozlar, moddiy yordam va subsidiyalar ajratish.

🫥 Iqtisodiy imkoniyatlar: Ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar va tadbirkorlikni boshlash uchun ko‘mak.

🫥 Huquqiy va maishiy masallar: Uy-joy ta’miri, hujjatlashtirish va mulk huquqiga oid arizalar.

✅ Tuman hokimi har bir fuqaro murojaatini atroflicha o‘rganib, mas’ul mutasaddilarga qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi hamda barcha masalalarning ijrosini shaxsan nazoratiga oldi.

Bizni kuzatishda davom eting!