Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 186580
Gallery image 186581
Gallery image 186582
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
07 Iyul 2026
10:26

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman prokurorining hisoboti haqida”gi masala muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan Termiz tuman prokurori o‘rinbosari Ismoilov G‘ayrat Azamovich tomonidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda qaror ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohaga oid mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

Yig‘ilish davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savol va takliflar bildirilib, masala atroflicha muhokama qilindi. Muhokama yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.