Barcha yangiliklar
Hududdagi investitsiya va qurilish loyihalari o‘rganildi
Gallery image 186511
Gallery image 186512
Gallery image 186513
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
03 Iyul 2026
09:35

Hududdagi investitsiya va qurilish loyihalari o‘rganildi

Hududdagi investitsiya va qurilish loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 17-Ayritom saylov okrugi deputati M. Shernayev, Ayritom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi T. Murodov bilan birgalikda Ayritom MFY hududida amalga oshirilayotgan obyekt va investitsiya loyihalarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida loyihalarning amalga oshirilish jarayoni, qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan infratuzilma sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.