Barcha yangiliklar
Baxmal tuman Kengashi kotibiyati
Gallery image 186508
Gallery image 186509
Gallery image 186510
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
13 Iyul 2026
09:34

Baxmal tuman Kengashi kotibiyati

📌 Baxmal tuman Kengashi kotibiyati: haftalik rejalar belgilab olindi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida haftalik ish rejalarini belgilash hamda ijro intizomini taʼminlashga bagʻishlangan xizmat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Hafta davomidagi asosiy vazifalar:
🔹 Doimiy komissiyalar yigʻilishlarini tashkil etish va masalalarni tahlil qilish;
🔹 Kengash qarorlari va sessiya bayonnomalari ijrosini nazorat qilish;
🔹 Deputatlarning hududlardagi faoliyati va saylovchilar bilan uchrashuvlariga koʻmaklashish;
🔹 Fuqarolar murojaatlari va kelib tushgan hujjatlar bilan tizimli ishlash.
Kotibiyat tomonidan rejalashtirilgan har bir vazifa tumanda Kengash nazoratini kuchaytirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.