Barcha yangiliklar
SAYLOVCHILAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Gallery image 186493
Gallery image 186494
Gallery image 186495
Gallery image 186496
Gallery image 186497
Gallery image 186498
Gallery image 186499
Gallery image 186500
Gallery image 186501
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
13 Iyul 2026
09:33

SAYLOVCHILAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 4-Chamanzor saylov okrugi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov hamda 3-Navbahor saylov okrugi deputati Sh.Mirzayev saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududni yanada obod qilish, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Jumladan, ichki ko‘chalarni asfaltlash, mavjud yo‘llarni ta'mirlash, bolalar maydonchalarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, sport inshootlarini qurish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlar tomonidan batafsil tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. Bildirilgan masalalar ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi ta'kidlandi.