Barcha yangiliklar
🔰Nazorat va tahlil.
Gallery image 186391
Gallery image 186392
Gallery image 186393
Gallery image 186394
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
13 Iyul 2026
08:23

🔰Nazorat va tahlil.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov “Zenatkor” MCHJga qarashli Beton mahsulotlari ishlab chiqarish zavodining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹O‘rganish jarayonida korxonada qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar va ekologik meʼyorlarga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratilib, quyidagi jihatlar tahlil qilindi:

 ▫️Korxonada foydalanilayotgan texnologiyalarning bugungi kun talablariga moslik darajasi ko‘zdan kechirildi.

▫️Ishlab chiqarilayotgan beton mahsulotlarining sifati hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari o‘rganildi.

▫️Zavod tomonidan atmosferaga zaharli moddalar chiqarilishi holati va havo muhofazasi choralari atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔹Olingan maʼlumotlar va tahlillar natijasiga ko‘ra, korxona faoliyati bo‘yicha ijobiy xulosa qilindi.