Barcha yangiliklar
MAHALLANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI.
Gallery image 186290
Gallery image 186291
Gallery image 186292
Gallery image 186293
Gallery image 186294
Gallery image 186295
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
09 Iyul 2026
14:51

MAHALLANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi, "9-Tuvadoq" saylov okrugi deputati D.Karimova hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan birgalikda "Tuvadoq" mahalla fuqarolar yig‘inini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan chevarchilik sexi, qurilish materiallari savdo do‘koni hamda oziq-ovqat savdo shoxobchalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur loyihalarning mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholiga qulay xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar va takliflari tinglandi.