Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KIRITILGAN YO‘L TA’MIRI ISHLARI O‘RGANILDI.
Gallery image 186285
Gallery image 186286
Gallery image 186287
Gallery image 186288
Gallery image 186289
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
09 Iyul 2026
14:49

DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA KIRITILGAN YO‘L TA’MIRI ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi, "9-Tuvadoq" saylov okrugi deputati D.Karimova tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi asosida "Tuvadoq" mahalla fuqarolar yig‘inining "Bog‘" ko‘chasidagi 500 metr ichki yo‘lni ta’mirlash ishlari tegishli dasturga kiritilgan.

Shu munosabat bilan mahallada mazkur obyekt bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida yo‘l asfalt qoplamasini yotqizish uchun zarur tayyorgarlik ishlari yakunlangani hamda yaqin kunlarda asfalt yotqizish ishlari boshlanishi belgilanganligi aniqlandi.

Shuningdek, yo‘l-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va samarali amalga oshirish yuzasidan mas'ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.