Barcha yangiliklar
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI.
Gallery image 186276
Gallery image 186277
Gallery image 186278
Gallery image 186279
Gallery image 186280
Gallery image 186281
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
09 Iyul 2026
14:48

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi, "9-Tuvadoq" saylov okrugi deputati D.Karimova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan birgalikda "Tuvadoq" mahalla fuqarolar yig‘inida "mahalla yettiligi" a’zolari hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Muloqot yakunida hududni yanada obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.