Barcha yangiliklar
Axborot-kutubxona faoliyati — ma’rifatli jamiyat poydevori!
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
10 Iyul 2026
11:27

Axborot-kutubxona faoliyati — ma’rifatli jamiyat poydevori!

 Axborot-kutubxona faoliyati — ma’rifatli jamiyat poydevori!

O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish huquqini ta’minlash hamda kutubxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mazkur Qonunga muvofiq, kutubxonalar aholining bilim va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, raqamli axborot resurslarini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va kutubxona xizmatlari sifatini oshirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Kitob — bilim manbai, kutubxona — ma’rifat maskani!